Sharqiy Quddusdagi vaziyat
Sharqiy Quddusdagi vaziyat aprel o‘rtalaridan yana keskinlasha boshladi, 7-may kuni esa Isroil harbiylari va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qarama-qarshiliklar Quddus sharqidagi bir nechta falastinlik oilalarni uylaridan haydab chiqarish to‘g‘risidagi sud qaroridan keyin avj oldi.
Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy to‘qnashuvlar 7-8 may kunlari Al-Aqso masjidi oldida ro‘y bergan. Isroil harbiylari masjidga kelganlarga qarata rezina o‘q bilan o‘t ochgan hamda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqin va yorug‘lik tarqatuvchi granatalardan foydalangan. So‘ngra 200 nafardan ziyod politsiyachi masjid hovlisi va yopiq ibodat xonalariga hujum qilgan, ibodatga kelganlarni kuch bilan Al-Aqsoni tark etishga majburlashgan. To‘qnashuvlar natijasida yuzlab falastinliklar jarohatlangan
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Isroilni zo‘ravonlikda ayblab, uning xatti-harakatlarini keskin qoraladi.