TOShKENT, 11-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afg‘onistonda terrorchilarning faollashgani sabab tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.
Tojikiston yetakchisi 10-may kuni hukumat va prezidentning ijro etuvchi apparati a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Unda Tojikiston mustaqilligining 30-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Emomali Rahmon mamlakatning mudofaa tuzilmalari rahbarlariga tojik-afg‘on chegarasidagi hozirgi vaziyat sabab davlat chegaralarini qo‘riqlashning mustahkamlash va xavfsizlikka oid kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishni topshirgan. Jinoyatchilik, ayniqsa, ekstremizm, terrorizm va giyohvand moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rish belgilangan.
Avvalroq Tojikiston rahbari Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatdan qattiq xavotirda ekanini ma’lum qilgan edi.
Hozir bu AQShning qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risidagi bayonotini inobatga olgan holda birinchi raqamli mintaqa masalasidir. Ular deyarli yarimidan ko‘pini chiqarib ketishdi, mamlakat ichidagi vaziyat esa keskinlashdi.
Kuni kecha Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi qizlar maktabiga hujum uyushtirilgan edi. Sodir bo‘lgan portlashda 55 kishi halok bo‘lib, 150 dan ortiq odam yaralangan edi. Qurbonlarning ko‘pchiligini maktabda o‘qiydigan 11—15 yoshli qizlarni tashkil etgan.