TOShKENT, 11-may — Sputnik. Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada o‘qituvchi, va sakkiz nafar o‘quvchi qurbon bo‘ldi, to‘rt kishi kasalxonaga joylashtirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, fojia Jaudet Fayzi ko‘chasi 8 uy manzilida joylashgan 175-maktabda sodir bo‘lgan. U yerda 2 nafar noma’lum shaxslar otishma va portlash uyushtirgan. Hujum qilganlardar biri qo‘lga olingan.
Voqea joyiga tez yordam, FVV kuchlari, Respublika prezidenti Rustam Minnixanov hamda prokuror va sog‘liqni saqlash vazirlari jo‘nab ketishgan. Voqeadan so‘ng barcha o‘quv muassasalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
So‘nggi damda olingan xabarga ko‘ra, maktab binosi ichida bo‘lgan ikkinchi shaxs otishmada yo‘q qilingan.