Qo‘shimcha dam olinadigan kunlar ko‘paydi

2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Prezident farmoni (PF–6222-son, 10.05.2021 y.) bilan 2020-yil 3-dekabrda qabul qilingan farmonga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, quyidagi sanalar ham 2021-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi:
14 may – juma;
31 dekabr – juma.
Shuningdek, quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:
17 iyul – shanba kunidan 21-iyul – chorshanba kuniga;
24 iyul – shanba kunidan 22-iyul – payshanba kuniga.
Bundan tashqari, 15-may – shanba, 21-iyul – chorshanba, 22-iyul – payshanba kunlari ham barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.