TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Afg‘onistondan olib chiqib ketilayotgan AQSh harbiylarini o‘z hududida qabul qilishga rozi bo‘lmaydi, deb hisoblashmoqda rossiyalik ekspertlar.
“AQSh tomonidan ana shunday urinishlar bo‘lish ehtimoli katta. Vashington strategik aviatsiyani joylashtirish uchun yangi bazalar qidirayotgani bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyodan turib ular Eron, Xitoy va Rossiyaga tahdid solishi mumkin. Shu vaqtga qadar AQShning hududdagi “quruqlik aviatashuvchisi” bo‘lgan Afg‘onistondan ularni siqib chiqarishmoqda”, - deydi Yevroosiyo tahliliy klubi a’zosi Nikita Mendkovich.
Mendkovich aytishiga ko‘ra, Afg‘oniston AQShning strategik maqsadlariga erishi uchun “ideal maydon” edi. Endi bo‘lsa qo‘shinlarni “sobiq Ittifoq respublikalaridan biriga ko‘chirish- mantiqqa to‘g‘ri keladi. Axir u yerda parvoz imkoniyatlari bir xil, lekin toliblar xavfi yo‘q”.
Lekin Toshkent va Dushanbe amerikaliklar talabiga rozi bo‘lmaydi, chunki Tojikiston KXShT shartnomasi a’zosi hamda u yerda ayni damda Rossiyaning 201-harbiy bazasi joylashtirilgan.
“O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda Moskva bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. AQSh qo‘shinlarini mamlkatda joylashtirish Toshkent uchun ana shunday aloqalar uzilishini anglatadi”, - deydi Mendkovich.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarida AQSh qo‘shinlarini joylashtirish – Xitoy bilan mojaro va aloqalar uzilishini anglatadi. Be ham iqtisodiy foydali emas.
Masalaning yana bir tomoni: ushuu bazalar bir vaqtning o‘zida turli xil terrorchilar va afg‘on qurollangan muxolifati uchun “tortish markaziga” aylanadi, deb hisoblaydi siyosatchi.
Bu bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘z xavfsizligini jiddiy tahdid ostiga qo‘yishi va hudud barqarorligi buzilishi mumkin.
Harbiy ekspert Viktor Muraxovskiy aytishiga ko‘ra, AQSh oldingi safar hamkorlik davrida Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni buzgan va shu sababli ushbu davlatlar ikkinchi bor AQSh bilan bu yo‘nalishda hamkorlikka rozi bo‘lishi amri mahol.
“Mening fikrimcha, AQSh O‘zbekiston va Qirg‘iziston bian XXI asrning birinchi o‘n yilligida erishilgan shartnomalarni o‘z qo‘llari bilan buzib tashladi. O‘shanda hukumatlararo kelishuvga ko‘ra Amerika va aksilterror koalitsiya harbiylari Xonobod hamda Manas aerodromlarida joylashtirilgan edi”, - deydi Maraxovskiy.
Uning fikriga ko‘ra amerikaliklar O‘zbekistonning bugungi hukumati bilan oldingi salbiy hamkorlik tajribasini takrorlashi amri mahol.
Ikkinchi tomondan O‘zbekiston 2020-yilda ilk bor Rossiya bilan hamkorlikda Termiz yaqinida qo‘shma mashqlar o‘tkazgan edi. Ushbu manyovrlar AQSh harbiylarining ketishi va Tolibon* tahdidiga javob timsoli bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqish 2021-yilning 1-mayidan boshlangan edi va ittifoqdoshlar bilan hamkorlikda 11-sentabrga qadar to‘liq yakunlanishi kerak.
2020 yilda amerikaliklar Doxada Tolibon* rahbariyati bilan tinchlik shartnomasi imzolashgan edi. Bu so‘nggi 10-yillar davomda ilk tinchlik shartnomasi bo‘ldi. Shartnomaga muvofiq barcha xorijiy qo‘shinlar mamlakatdan 14 oy davomida olib chiqib ketilishi kerak. Shundan so‘ng Afg‘oniston ichidagi muxolif tomonlar orasida tinchlik muzxokaralari boshlanadi.
* Tolibon– Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.