Toshkentda bedarak yo‘qolgan 28 yoshli ayol qidirilmoqda

Toshkentda bedarak yo‘qolgan Dilorom Yuldasheva qidirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan Dilorom Yuldasheva qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
1993 yilda tug‘ilgan Yuldasheva Dilorom Ergash qizi joriy yilning 4-mart kuni soat taxminan 11.00da Uchtepa tumani, Xurshid maxallasida joylashgan ish joyidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketgan.
Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, o‘rtacha gavdali, sochi uzun jigarrang. Qo‘lida oq rangli ayollar sumkasi bo‘lgan.
Egnida: qora kapishonkali kurtka, qora rangli shim, qora rangli krossovka bo‘lgan.
“Agar siz Yuldasheva Dilorom haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.