TOShKENT, 10-may — Sputnik. Bu yil kuzida Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Fransiya pomojet Uzbekistanu organizovat vistavku o Sentralnoy Azii v Luvre
Bugun Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vazirligi huzuridagi tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik bo‘yicha vakil-vaziri Frank Riyester boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Uchrashuvda bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Fransiya tomoni 2022-yil kuzida Parijdagi Luvr muzeyida “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida” nomli ko‘rgazmani tashkillashtirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.