TOShKENT, 10-may — Sputnik. 13-may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13-may – payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Prezident farmoniga muvofiq, 2021-yilning 14-15 may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari hisoblanadi.
Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, o‘zbek xalqining milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkaziladi.