O‘zbekistonda xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish mumkin emas – Mudofaa vazirligi

WSJ AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarni O‘zbekiston yoki Tojikistonga joylashtirishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. The Wall Street Journal gazetasi mudofaa idorasidagi manbalariga tayangan holda AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarni O‘zbekiston yoki Tojikistonga joylashtirishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Vazirlik matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mudofaa doktrinasida mamlakat hududida xorijiy harbiy obyektlarini joylashtirish nazarda tutilmagan.
“Na mudofaa doktrinasida, na O‘zbekiston Konstitutsiyasida, na 2012-yilda tasdiqlangan mamlakat tashqi siyosiy konsepsiyasida respublika hududida xorijiy harbiy bazalar va inshootlarni joylashtirish nazarda tutilmagan", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Shuningdek, respublikaning harbiy sohadagi siyosati mamlakat qurolli kuchlarining tinchlikparvarlik operatsiyalari va chet eldagi qurolli mojarolarda qatnashmasligiga asoslangan, deb ta’kidlandi.