TOShKENT, 10-may — Sputnik. Afg‘oniston markaziy qismida joylashgan Parvan viloyatida avtobus minada portladi: 2 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi. Bu haqda Tolo News shifokorlar ma’lumotiga tayanib xabar qildi. RIA Novosti.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, portlash dushanba kuni ertalab Pul-i-Matak hududida sodir bo‘ldi.
Bu Afg‘onistonda bir kun sutka ichida yuz bergan ikkinchi holat. Avvalroq, Zabul viloyatida avtobus minada portlagani haqida xabar berilgandi. Manbaning ta’kidlashicha, portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy 1TV telekanali rasmiylarga tayanib, 41 kishi jarohat olganini xabar qildi.