Yomg‘ir va momaqaldiroq: O‘zbekistonda 9-may kuniga ob-havo

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 9-may - Sputnik. O‘zgidromet 9-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, kunduzi mamlakat hududiga janubdan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda kuchayish 23-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-26° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bshlishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° bo‘ladi.