O‘zbekistonning 5ta viloyatida loyiha: inson taraqqiyoti orqali qishloq taraqqiyoti sari

Loyiha inson omilini— tanlangan qishloq aholi yashash punktlari aholisining ma’lumoti va salomatlik darajasini tahlil etishdan boshlanadi. Eng faol shaxslar Mahallani rivojlantirish guruhiga kirishi va o‘z qishlog‘i uchun nima qilish kerakligiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may - Sputnik. O‘zbekistonning 5ta: Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 300dan ziyod qishloq aholi yashash punktlarini qamrab olgan "Qishloq infratuzilmasining taraqqiyoti" loyihasi amalga oshiriladi.
2020—2024 yillarda amalga oshiriladigan loyiha tashabbuskori O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot vakambag‘allikni qisqartirish vazirligidir.
Iqtisodiy taraqqiyot vakambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Butunjahon banki va Osiyo infratuzilmalar investitsiyalari bankining mazkur qo‘shma loyihasi 2021-yil boshidan start olgan.
Yo‘llar, yangi markazlar va uylar: “Obod qishloq” dasturida qanday ishlar amalga oshiriladi
Loyiha inson omilini— tanlangan qishloq aholi yashash punktlari aholisining ma’lumoti va salomatlik darajasini tahlil etishdan boshlanadi.
Bu har bir alohida qishloq uchun eng ahamiyatga molik masalalari bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni tuzish imkonini beradi.

Bu nima uchun infratuzilma bilan bog‘liq?

Hammasi juda oddiy — sifatli ichimlik suvi bo‘lmagan joyda to‘laqonli salomatlikni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu hali qishloq ahlining to‘laqonli salomatligi uchun zarur sharoit va ularning sog‘ligi, o‘zini o‘zi namoyon qila olishi imkoni o‘zaro bog‘liqligiga birgina misol.
Loyiha jarayonini kuzatish qiziq, chunki tahlil etiladigan masala va muammolar boshqa qishloq aholi yashash punktlari va u yerlarda yashayotgan odamlarga hamxos bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston hukumati qishloqlardagi hayot tarzini yaxshilashga 21 trillion so‘m yo‘naltiradi
U yoki bu vaziyatdan qanday chiqishni ham loyiha ko‘rsatadi. Tanlangan (ilk) qishloqlar aholisida ta’lim olish, eng muhimmasalalarga birgalikda yechim topish, va nihoyat, ularni hal etishda bevosita ishtirok etish imkoni bo‘ladi. Eng faol shaxslar Mahallani rivojlantirish guruhiga kirishi va o‘z qishlog‘i uchun nima qilish kerakligiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.