Abduhakimov va Bekmambetov O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirishga kelishishdi

Mehmon respublikaning yuqori turistik salohiyati, buyuk qahramonlar obrazlari, tarix va tabiiy kinolokatsiyalarni inobatga olib, yirik kinokompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishga turtki beruvchi qator tashabbuslarni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may - Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov mashhur kinorejissor va produser Timur Bekmambetovni qabul qildi, deb xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Uchrashuvda shuningdek rossiyalik kinorejissorning turmush o‘rtog‘i – Tatariston Respublikasi prezidentining yordamchisi, RF Jamoatchilik palatasi a’zosi Nataliya Fishman ishtirok etdi.
“O‘zbekkino” Markaziy Osiyoda eng yirik kino suratga olish bazasini yaratishga kirishdi
Xorijiy mehmonlar O‘zbekiston turizmi va kinematografiyasidagi yirik ko‘lamli islohotlar, xususan viza tizimining soddalashtirilishi va turistik biznesni rivojlantirish uchun qulay sharotlar yaratish, "Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" sanitar-epidemiologik xavfsizlik tizimi, kino sohasidagi "Rebate" tizimi, milliy kinoindustriya uchun taqdim etilgan soliq va bojxona preferensiyalariga oid ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
O‘z navbatida, Timur Bekmambetov O‘zbekistonga tashrifining ilk lahzalaridanoq turizm sohasi rivoji uchun kiritilgan investitsiyalar natijalari yaqqol ko‘zga tashlanganini ta’kidlab, mamlakatning sayyohlik va mehmondorchilik yo‘nalishidagi o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
Shuningdek u o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va oqko‘ngilligini alohida qayd etib, bu jihatlarni filmlarda aks ettirish lozimligiga urg‘u berdi. Kinorejissor "do‘stlik poyezdi"ni tashkil qilishni taklif qildi, uning fikricha, bu barcha san’at namoyondalarini yanada birlashtiradi.
MDHda xorijlik kino kompaniyalarga qancha kompensatsiya to‘lanadi?
Tomonlar O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashishdi. Filmlar, seriallar va boshqa kino mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi: Marko Poloning yoki Gonsales de Klavixoning Markaziy Osiyoga sayohatlari alohida qayd etildi.
Shu bilan birga, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ olimlarimiz hayoti va faoliyatiga to‘xtalib o‘tildi. Amir Temur, Manguberdi kabi tarixiy shaxslar taqdiri hamda Kushon imperiyasi, afsonaviy Aleksandra Oks va A.Makedonskiyning mintaqadagi davri voqealari orqali mintaqaning boy tarixini ko‘rsatib berish lozimligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, Xo‘ja Nasriddin kabi xalq qahramonlarini ham e’tibordan chetda qoldirilmasligi qo‘shimcha qilindi.
Mehmon respublikaning yuqori turistik salohiyati, buyuk qahramonlar obrazlari, tarix va tabiiy kinolokatsiyalarni inobatga olib, yirik kinokompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishga turtki beruvchi qator tashabbuslarni taklif qildi.