TOShKENT, 05-may – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi may-iyun oylarida dunyoning barcha qit’alaridagi hamkorlar bilan qator siyosiy va madaniy tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston – Osiyo
Tashqi ishlar vazirligi Osiyo hududidagi hamkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirilgan:
11-12 may kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining “Xitoy – Markaziy Osiyo davlatlari” shaklidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi;
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti yuqori lavozimli mulozimlari uchrashuvlari;
O‘zbekiston – Yevropa
Abdulaziz Kamilovning “O‘zbekiston Respublikasi-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik Kengashi ishida ishtirok etish maqsadida Brussel shahriga amaliy tashrifi;
Siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" muloqoti yig‘ilishi;
O‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvi;
O‘zbekiston – Amerika
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sheriklik muloqotining birinchi uchrashuvi Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda;
Madaniy tadbirlar
22 may kuni Venetsiyada Xalqaro Arxitektura Biyennalesi ochiladi, unda O‘zbekiston birinchi marta "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" mavzusidagi milliy pavilon bilan ishtirok etadi;
“Tojikistonda O‘zbekiston kinosi kunlari"ni hamda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Tojikiston ijodiy ziyolilar forumini o‘tkazish masalasi ishlab chiqilmoqda;
Bundan tashqari, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan 3 230 ta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar aniq sanalari dunyodagi sanitariya-epidemiologiya vaziyatdan kelib chiqib belgilanadi.