Meksika poytaxti Mexikoda metroko‘prik qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda “El Universal” nashri shahar rahbari so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kasalxonalarda og‘ir jarohat bilan yetti kishi bor.
Avvalroq mahalliy hukumat ko‘prik qulashi oqibatida 20 kishi qurbon bo‘lgani, 70 nafardan ziyod kishi jabrlangani haqida xabar qilgandi.