Meksikada metroko‘prik poyezd bilan birga qulab tushdi – qurbonlar bor

Meksika poytaxatida metroko‘prik poyezd bilan qulab tushishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Meksika poyxaxti Mexiko shahrida yo‘lovchi poyezd harakatlanayotgan metroko‘prik qulab tushdi.
Hodisa oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan. Bu ma’lumotni shahar meri tasdiqlagan.
Yana o‘nlab kishilar turli darajada jarohat olgan. Hozir voqea joyi o‘rab olingan. Mutasaddilar qutqarish ishlarini olib bormoqda va hodisa sabablari aniqlanmoqda.