TOShKENT, 3-may — Sputnik. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyaning 34-turida "Jenoa" "Latsio" qarshi bahs olib bordi.
Rimda kechgan bahsning birinchi bo‘limida “Latsio” o‘yinchilari ikki marta "Jenoa" darvozasini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida "Jenoa” avtogol evaziga hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo keyingi 10 daqiqa ichida "Latsio" yana 2 ta gol urdi.
O‘yin tugashi arafasida "Jenoa" qator hujumlar uyushtirdi, shulardan biridagol urdi. 81-daqiqada esa o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘zining kuchli zarbasi bilan “Latsio” darvozabonini dog‘da qoldirdi. Hisob 4:3 ko‘rinishiga keldi.
Shu tariqa umumiy hisobda 7 ta gol urilgan bellashuvda “Latsio” g‘alabani ilib ketdi.
Shomurodov ketma-ket ikki o‘yinda “Jenoa” tarkibida gol urishga muvaffaq bo‘ldi, biroq uni goli g‘alaba uchun kamlik qildi.