TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi a’zosi, Osiyoda boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatov Osiyo boks konfederatsiyasining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Polatov Ijroiya qo‘mitasi a’zolari yig‘ilishida katta farqdagi ovoz bilan ushbu lavozimiga saylangan.
Saken Polatov 2019-yilning aprel oyida Bangkokda o‘tkazilgan ASBC Bosh assambleyasi davomida Ijroiya qo‘mita a’zoligiga saylangandi.
2020 yilning dekabr oyidan boshlab Osiyoda boksni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari etib tayinlangan. Ushbu fond Osiyoda boksni rivojlantirish, kelajakda uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida ASBC prezidenti Anas Alotaiba tomonidan ta’sis etilgan.