TOShKENT, 3-may — Sputnik. 187 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaning Astraxan viloyatiga ishlash uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ular u yerdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadi.
“Toshkent viloyati “G‘isht ko‘prik – Jibek joli” nazorat o‘tkazish punktidan 187 nafar fuqaro Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali maxsus avtobuslarda yo‘l harakati xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilgan holda tashkillashtirilgan tarzda Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun jo‘natildi”, - deyilgan xabarda.
Ularga shaxsiy gigiyena va antiseptik vositalar taqdim etilgan. 14 kunlik karantindan so‘ng o‘zbekistonlik migrantlar qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnat faoliyatini boshlaydi.