TOShKENT, 3-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi.
“Shu hafta korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda davlat organlari, hokimlarning hisobotlari eshitiladi”, - dedi Asadov.
U bu masala doimiy nazoratda ekani va yaqin orada alohida selektor tashkil etilayotgani korrupsiyaga qarshi kurashish murosasiz tus olayotganini bildirishini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio Olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.