Facebook, Google, Apple O‘zbekistonda qancha soliq to‘laydi

O‘tgan yil, xususan, Facebook qariyb 6 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard so‘m soliq to‘lagan.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalari O‘zbekiston davlat budjetiga soliq to‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
2020 yilda Facebook 5,9 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard, Netflix 190 million, Booking.com 181 million, Yandex 136 million so‘m miqdorida soliq to‘lagan.
2021 yil 1 chorakda mazkur kompaniyalar davlat bujdetiga 4,3 milliard so‘m soliq to‘lagan.
1 aprel holatiga jami 26 ta soliq to‘lovchi xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan.
2020 yildan boshlab O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgan.