Sardoba avvalgidan ko‘rkam: fojiadan bir yil o‘tib

Butun Respublika kuch-quvvati bilan tabiiy ofatdan zara ko‘rgan Sardobaliklarning barchasi bugun yangi uylarga ko‘chib o‘tgan.
Sputnik
TOShKENT, 2-may - Sputnik. Sardoba fojeasidan bir yil o‘tib Sirdaryo viloyatining ushbu hududi bugungi kunda yanada ko‘rkam va shinam joyga aylandi. Bu haqida maxsus tayyorlangan videolavhada aytib o‘tilgan.
Unda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida butun Respublika kuch-quvvati bilan bu yerda ko‘plab uylar, yo‘l va infratuzilma obyektlari, maktab va bog‘chalar qurilgan.

Ko‘p qavatli uylar

Sardoba tumanining "Do‘stlik" mahallasida 1480 xonadonli37ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan;
Mirzobod tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" mahallasida 800 xonadonli 40ta ko‘p qavatli uylar;
"Navbahor" mahallasida esa 360ta xonadonli 9ta uy qurilgan.
Bugungi kunda ushbu hududlardagi qurilish-montaj ishlari 100%ga yakunlangan.
1 / 3
2 / 3
3 / 3

Infratuzilma obyektlari

Suv toshqiinidan zarar ko‘rgan hududlarda
205 km umumiy va ichki xo‘jalik yo‘llari;
14ta ko‘priklarda ta’mirlash va qurilish ishlari olib borilgan;
121 km ichimlik suvi va oqava tizimlari;
8 km kanalizatsiya tizimi;
345 km elektr tarmoqlari;
94 km tabiiy gaz tarmoqlari qurib bitkazilgan.

Ijtimoiy iqtisodiy tiklanish

Qishloq xo‘jaligi sohasida 189km rrrigatsiya inshootlari, 68 ta baliqchilik va chorvachilik xo‘jaliklari qayta tiklangan.
8379 ta yangi ish o‘rinlar yaratilgan va yil oxiriga qadar yana 1398 ta ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
10 ta bolalar bog‘chalari;
16ta umumta’lim maktablari;
8ta tibbiyot obyektlari;
1ta kollej qurib bitkazilgan.
Undan tashqari toshqindan zarar ko‘rgan oilalarga 40 mln so‘mdan pul, maishiy texnika va chorva mollari berilgan.