Butun "Xalqlar do‘stligi" jo‘r bo‘ldi - "Xor Tureskogo" Toshkentda konsert berdi

Toshkent ahli "Xor Tureskogo" gurhining deyarli barcha qo‘shiqlariga jo‘r bo‘ldi, Istiqlol saroyi atrofi ulkan raqs maydoniga aylandi.
Sputnik
Rossiyaning "Xor Tureskogo" va SOPRANO guruhlari sobiq "Xalqlar do‘stligi" hozirgi "Istiqlol" saroyi oldidagi ochiq sahnada uyushtirilgan konsert dasturida urush yillari qo‘shiqlari hamda sovet davrida mashhur bo‘lgan qo‘shilarni kuylashdi.
Konsertga tashrif buyurgan Toshkent aholisi barcha qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishdi va raqsga tushishdi. Istiqlol saroyi atrofi ulkan raqs maydoniga aylandi.
"O‘zbekistonda biz tez-tez bo‘lib turamiz. Bu ajoyib davlat va Toshkent ajoyib shahar. Bu yerda til muammosi yo‘q, rus tilini hamma tushunadi. Shuning uchun ham qo‘shiqlar hammaga tanish va yaxshi ko‘rgan. Ushbu tadbir xalqlar do‘stligiga bag‘ishlangan", - dedi Mixail Tureskiy jurnalistlarga. batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
"G‘alaba qo‘shiqlari" deb nomlangan ushbu tadbir Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hamda Moskva shahar meriyasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib u bir necha yildan berish amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda qadar "G‘alaba qo‘shiqlari" 20dan ortiq mamlakatda ijro etildi. Jumladan AQSh va Germaniyada ham.