Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak - prezident

Shavkat Mirziyoyev 24ta tumanda qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusini qo‘llab quvvatladi.
Sputnik
TOShKENT, 1-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari muhokama m qilindi.
Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 3-yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravar oshgan bo‘lsada, lekin ularning miqodri hali etiyojni to‘liq qoplayotgani yo‘q. Xususan, sementga bo‘lgan ehtiyoj — 86 %, qurilish oynasi — 69 %, keramik buyumlar — 40 %, gulqog‘oz — 30 %, lak-bo‘yoq — 65 % ta’minlanmoqda.
Ushbu sohani rivojlantirish maqsadida, prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 24 ta tumanni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu hududlarda infratuzilmani yaxshilash uchun budjetdan qo‘shimcha 400 milliard so‘m, geologiya ishlarini amalga oshirishga 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
Batafsil quyida tanishing.