Malibumi yoki Tahoe? Vazirlar va hokimlar necha pullik mashina minishi belgilandi

Davlat boshqaruv organlari rahbarlari minadigan xizmat avtomobillari narxini cheklovchi qonun qabul qilindi. Xizmat avtomobillariga narxiga 171 milliondan 490 million so‘mgacha cheklov qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 1-may – Sputnik. Mansabdorlarga xizmat avtoransport vositalarini biriktirish meyorlari tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi.
2021 yil 29-aprelda “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtoransport vositalarini biriktirish meyorlari tasdiqlandi. Jumladan:
490 mln so‘m yoki BHMning 2000 baravarigacha - vazirlar, davlat qo‘mitalari rahbarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
367 mln. so‘m yoki BHMning 1500 baravarigacha - vazir va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari;
245 mln. so‘m yoki BHMning 1000 baravarigacha - tuman va shahar hokimlari;
171 mln so‘m yoki BHMning 700 baravarigacha - davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, tuman, shahar hokimi o‘rinbosarlari.
Shuningdek, davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportidan kamida 5-yil foydalanilgandan so‘ng yangisiga almashtirish va tizimidagi boshqa tashkilotlarga o‘tkazib berish belgilangan(foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransport vositalari bundan mustasno).
Eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan sektor rahbarlari avtomobil bilan taqdirlanadi
Undan tashqari, ushbu qarorga ko‘ra, davlat tashkilotlarida foydalanishda mavjud bo‘lgan xizmat avtoransportlari ikki oy ichida xatlovdan o‘tkaziladi va belgilangan meyorlar bo‘yicha limitdan ortiqcha bo‘lgan xizmat avtotransport vositalari 2021-yil 1-avgustga qadar elektron auksion savdolariga qo‘yiladi.