TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentda “G‘alaba qo‘shiqlari” loyihasi doirasida Rossiyaning mashhur xor jamoalari "Xor Tureskogo" va SOPRANO ishtirokida beg‘araz konsert bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.
“G‘alaba qo‘shiqlari” – bu avlodlar xotirasiga bag‘ishlangan musiqali marafon bo‘lib, u butun dunyoni birlashtiradi. Loyiha avlodlar va davrlarni bog‘lash, ajdodlarimizning Ulug‘ Vatan urushida ko‘rsatgan qahramonligi haqidagi xotiralarni abadiylashtirishga bag‘ishlangan”, - deyilgan rasmiy press-relizda.
Konsert tadbiri 1-may kuni soat 20:00 da Istiqlol saroyi oldida boshlanadi. Kirish bepul. Konsert dasturidan urush yillarining sevimli qo‘shiqlari “Katusha", "Smuglyanka" "Buxenvald bongi" va boshqalar o‘rin olgan.
O‘tgan yillarda ushbu loyiha Isroil, AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Chexiya, Vengriya, Polsha, Avstriya, Italiya, Rossiya, Belarus, Sloveniya, Xitoy, Slovakiya va Bolgariyada bo‘lib o‘tgan.