Toshkent – Bishkek yo‘nalishida reyslar soni ko‘payadi

Uzbekistan Airways Toshkent - Bishkek - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar sonini ko‘paytirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Uzbekistan Airways Toshkent - Bishkek - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar sonini ko‘paytirmoqda.
8 maydan boshlab Toshkentdan Bishkekka va ortga dushanba, payshanba va shanba kunlari haftasiga uch martadan reyslar amalga oshiriladi.
Toshkent – Bishkek. Narxi: 1 054 000 so‘mdan boshlab.
Toshkent - Bishkek – Toshkent. Narxi: 2 158 000 so‘mdan boshlab.