TOShKENT, 30 apr – Sputnik. "Sputnik V" vaksina ishlab chiqaruvchilari Braziliya dori-darmonlarni nazorat qiluvchi organi - Anvisani yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun sudga beradi, deb habar qilmoqda "Sputnik V" rasmiy Twitter sahifasi.
“Braziliya nazorat organi "Sputnik V" vaksinasini sinovdan o‘tkazimaganini tan oldi. Biz ataylab yolg‘on va noaniq ma’lumot tarqatgani uchun Anvisa ustidan Braziliya sudiga murojaat qilmoqchimiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Braziliya dori darmon nazorat organi "Sputnik V" vaksinasini mamlakatga olib kirishga ruxsat bermagan edi. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan majlisda muassasa vakillari vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini shubha ostiga qo‘yuvchi ma’lumotlarni keltirib, uni mamlakatga olib kirishni ta’qiqlab qo‘yishgan edi.
Undan bir necha kun o‘tib Anvisaning dori-darmon bo‘limi menedjeri Gustavo Mendes, mahalliy CBN nashriga nazoratchi organ Rossiya vaksinasini “sinov uchun olmaganini va sinovdan o‘tkazmaganini” ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasi dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Vaksina bilan emlanganganlar soni 11 milliondan oshib ketgan. Vaksina 93%dan yuqori samaradorlik darajasi namoyish qilgan.