Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrif buyuradi

Prezident Turkmaniston yetakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tashrif dasturida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi vafot etdi
Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.