Mishustin Mirziyoyev tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini xabar qildi

Rossiya O‘zbekiston bilan qo‘shnichilik munosabatlarini yuqori qadrlaydi va har doim ularni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga intiladi - Mishustin.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini xabar qildi.
“Biz Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqdamiz. Yirik hujjatlar to‘plami va tashrifning voqealarga boy dasturi tayyorlanmoqda”, - dedi Mishustin.
O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari YeOII Iqtisodiy komissiyasining Qozonda bo‘lib o‘tayotgan majlisi doirasida uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuvda Mixail Mishustin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Shavkat Mirziyoyevga salomini va eng yaxshi tilaklarini yetkazdi. Aripov ham o‘z navbatida prezident Putin va bosh vazir Mishustinga O‘zbekiston prezidentining salomini yetkazdi.
Mishustin aytishiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston bilan qo‘shnichilik munosabatlarini yuqori qadrlaydi va har doim ularni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga intiladi.
“2020 yilda koronavirusga qaramasdan, Rossiya O‘zbekistonning yetakchi hamkorlaridan biriga aylandi. O‘zaro mahsulot ayirboshlash 2019-yilga nisbatan 16%ga oshib deyarli 6 milliard dollarni tashkil qildi”, - dedi bosh vazir.
Mishustin O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazishga qaror qilishganini esga oldi.