Davlat personallashtirish markaziga direktor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Ulug‘bek Toshxo‘jayev Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ulug‘bek Toshxo‘jayev Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori imzolandi.
U ushbu lavozimda fevral oyida ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Najmiddin To‘raxo‘jayevning o‘rnini egalladi.
Ulug‘bek Toshxo‘jayev bundan oldin O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U 2021-yil yanvar oyi oxirlarida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.