Rossiya diplomatlar chiqarib yuborilgach, qator davlatlarga javob choralarini e’lon qildi

Moskva qator mamlakatlar vakillariga qat’iy protest bildirdi. Sal avval bu davlatlar Chexiya bilan birdamlik ramzi sifatida bir qancha rossiyaliklarni non-grata personasi deya e’lon qilishgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr - Sputnik. Rossiya Litva elchixonasidan 2 nafar va Latviya hamda Estoniya elchixonalaridan 1 nafardan xodimlarni chiqarib yubormoqda.
Shuningdek, Rossiya Slovakiya elchixonasidan uch nafar xodimni chiqarib yubormoqda.
Slovakiyalik diplomatlar RFni 5-may kunning oxirigacha tark etishlari kerak.
Rossiya TIV bayonotiga ko‘ra, Moskva Slovakiya elchisiga o‘ta bema’ni va o‘ylab topilgan bahona bilan uch nafar rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi munosabati bilan keskin protest e’lon qilgan.
Moskva qator mamlakatlar vakillariga qat’iy protest bildirdi. Sal avval bu davlatlar Chexiya bilan birdamlik ramzi sifatida bir qancha rossiyaliklarni non-grata personasi deya e’lon qilishgan edi.
Chexiya hukumati Rossiyani 2014-yilda Vrbetitsadagi qurol omborida yuz bergan portlashlarda ayblaganidan so‘ng Moskva va Praga munosabatlarida jiddiy inqiroz kuzatilmoqda.
Tomonlar hozirda o‘nlab diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishdi.