O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 mingdan oshib ketdi

Aniqlanayotgan kasalliklar bo‘yicha yetakchilikni poytaxt, Toshkent va Samarqand viloyatlari qo‘ldan boy bermasdan kelyapti.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 378 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 90 008 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlangan yangi holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (180), Toshkent viloyati (75) va Samarqand viloyati (73) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Barcha hududlarda koronavirus aniqlandi: Samarqand yetakchi uchlikda
Qolgan hududlarda bir nafardan to‘qqiz nafargacha kishida infeksiya aniqlangan.
Mamlakatda jami 86 449 (+269) kishi ushbu dardni yenggan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda. Qurbonlar soni o‘zgarishsiz (646 nafar) qolgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2913 nafar bemor davolanmoqda.