Mendeleyev xalqaro olimpiadasida O‘zbekiston 7ta medal qo‘lga kiritdi

Kimyo bo‘yicha maktab o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston jamoasi 1ta oltin, 4ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr – Sputnik. Kimyo bo‘yicha 26-aprel kuni yakunlangan 55-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekistondan 7 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etib, ularning barchasi medallar sohibi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.
Oltin medal
Firdavs Sobirov - Buxoro shahar 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi
4ta kumush medal
Azimjon Jamolov – Yosh biologlar va kimogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;
Sobirjon Amanov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
Nafisa Normurodova – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
Durdona Muxtarxo‘jayeva – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi.
2ta bronza medal
Ikromiddin Boymahammadov – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimogarlar ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi;
Begzod Ro‘ziboyev – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi
Yangi format: O‘zbekiston maktab o‘quvchilari orasida test sinovlari tizimini joriy etmoqda
Xalqaro olimpiada ikki turda o‘tkazildi: ilk bosqichda barcha ishtirokchilar 8 ta majburiy masala ishlagan bo‘lsa (jami 80 ball), ikkinchi bosqichda kimyo fanining 5 bo‘limiga oid 15 masaladan ixtiyoriy 5 tasini ishlash talab qilindi (jami 75 ball).
Xalqaro olimpiada Toshkent shahri Yunusobod tumani 9-Axborot texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazildi va jarayonlar tashkiliy qo‘mita tomonidan jami 17 ta vebkamera va mikrofonlar orqali kuzatib borildi.
20-26 aprel kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 28 davlat vakillari ishtirok etdi. Ular orasida Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, Vengriya va boshqa mamlakatlar bor.
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda Rossiya -7ta oltin, ikkinchi o‘rinda Ruminiya – 4ta oltin, O‘zbekiston, Turkiya, Turkmaniston va Ukraina jamoalari – 1tadan oltin medal sohibi bo‘lishdi.