TOShKENT, 27 apr — Sputnik. “Cho‘lning oq quyoshi” sovet filmida Abdulla rolini ijro etgan mashhur aktor Kaxa Kavsadze koronavirusni boshdan kechirgandan so‘ng vafot etdi. U 86 yoshda edi.
O‘tgan yil 28-noyabrda unda koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 15-dekabrda shifoxonaga yotqizildi, 3 hafta davolanib chiqdi.
Fevralda aktor ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan yana shifoxonaga tushgandi.