TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 275 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 89 630 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Eng ko‘p aniqlangan holatlar Toshkent shahri (141), Toshkent viloyati (55) va Samarqand viloyati (35) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan hududlarda ikkitadan yettitagacha yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.
Mamlakatda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 86 180 (+204) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, kecha bir bemor vafot etgan va pandemiya qurbonlari soni 646 nafarni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2804 nafar bemor davolanmoqda