TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholi ustiga suv sepib, dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgani yuzasidan munosabat bildirdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in o‘chirish mashinalari ko‘chalarga suv sepayotgani aks etgan videolar keng tarqalgan edi.
FVVning aniqlik kiritishicha, bu hodisa Andijon viloyati Marhamat va Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida ro‘y bergan.
Aniqlanishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.
Vazirlik mazkur holatni to‘liq nazoratga olgan va hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hodisa yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xodimlarga intizomiy ta’zir choralari ko‘riladi”, - deyilgan xabarda.