Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Xayrulla Umarov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.
Umarov Xayrulla Saydullayevich 1980-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2002-2019 yillarda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” Toshkent shahar bo‘limi mutaxassisi, Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar hokimligi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari, Yakkasaroy tumanida investitsiya, innovatsiya, sanoat, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lovozimlarida ishlagan.
Moskvada qancha migrant bor?
Umarov 2019-yildan shu kunga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.