Chempion qiz: Nigina O‘ktamovaga "Nexia 3" sovg‘a qilindi

Jahon chempioni bo‘lgan Nigina O‘ktamovaga "Nexia 3" sovg‘a qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston boksi tarixida ilk marotaba jahon chempioni bo‘lgan Nigina O‘ktamovaga "Nexia 3" avtomobili sovg‘a qilindi.
23 aprel kuni Polsha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli o‘zbekistonlik bokschi qiz Nigina O‘ktamova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo‘ldi va o‘zbek boksi tarixida birinchi jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Sportsmenke Nigine Uktamovoy podarili avtomobil "Nexia 3"
26 aprel kuni O‘zbekiston boks federatsiyasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, jahon chempioni Nigina O‘ktamova, uning murabbiylari va yaqinlari, shuningdek OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida jahon chempioni Nigina O‘ktamovaga maxsus sovg‘a - "Nexia 3" avtomobili tantanali tarzda sovg‘a qilindi.