Toshkentdan Seulga parvozlar soni ko‘paytiriladi

Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 9-maydan Toshkent – Seul – Toshkent yo‘nalishida ikkinchi parvozni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi Andijonga muntazam parvozlar uchun ruxsat oldi
Shu tariqa, muntazam qatnovlar haftasiga ikki martadan bajariladi:
Toshkent – Seul: yakshanba va payshanba kunlari;
Seul – Toshkent: dushanba va juma kunlari.
Xabarda yozilishicha, Toshkent – Seul yo‘nalishida chipta narxi 4, 435 mln so‘mdan boshlanadi.