Senat qo‘mitasi raisi: 2020-yilda qidiruvga berilgan shaxslarning 75 foizi ushlanmagan

Ro‘yxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kiradi.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2020 yilda O‘zbekiston bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 9 790 nafar shaxsdan 6 761 nafari yoki 75 foizi ushlanmagan. Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf etish bo‘yicha kamchiliklarga barham berilmagan. Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kiradi.
Qidiruvdagi urganchlik ayol BAAda qo‘lga olindi
Umumiy jinoyatchilik 34,7 foizga ko‘paygan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 49 foizga, jumladan, qasddan odam o‘ldirish — 13, badanga og‘ir shikast yetkazish — 13, nomusga tegish — 27,7, bosqinchilik 18,5 foizga ortgan.