TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning uchrashuvi iyun oyida bo‘lib o‘tishi mumkin, lekin bu ko‘p omillarga bog‘liq. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov "Rossiya-1" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ushakovning ma’lum qilishicha, Amerika tomonidan yetakchilar uchrashuvini o‘tkazish to‘g‘risidagi niyatning signallari bor. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha ishchi darajasida sammit muhokama qilinmayapti.
U shu bilan birga Putin va Baydenning ehtimoliy uchrashuvi sanasi “iyun deb aytishayotgani, hatto aniq sanalar borligiga” aniqlik kiritdi. Biroq Rossiya prezidenti yordamchisi bu sanalarni oshkor qilmadi, gap iyun haqida borayotganini takrorladi, xolos.
Putin va Bayden 13-aprel kuni telefon orqali muloqot qildi. Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden “yaqin oylarda uchinchi mamlakatda” Rossiya-Amerika sammitini o‘tkazish g‘oyasini ilgari surgan. Keyinroq Amerika yetakchisi rossiyalik hamkasbiga Yevropada yoz oyida uchrashishni taklif etganiga oydinlik kiritdi.