TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 348 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 89 027 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eng ko‘p kasallanganlar Toshkent shahri (182), Toshkent (68) va Samarqand (40) viloyatlarida qayd etilgan. Qolgan viloyatlarda bir nafardan to‘qqiz nafargacha yangi xastalanganlar aniqlangan.
Mamlakatda kasallikdan sog‘ayganlar soni 85 764 (+228) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, kecha 1 nafar bemor vafot etgan. Shu tariqa pandemiya qurbonlari soni 643 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2620 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.