Moskvada COVID-19 ga qarshi emlangan keksalar rag‘batlantiriladi

Koronavirusga qarshi emlangan keksa moskvaliklar qiymati 1000 rublga teng tuhfa kartasini olishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Moskva shahrida 27-apreldan koronavirusga qarshi emlangan 60 yoshdan yuqori bo‘lganlar uchun “Millionta tuhfa” rag‘batlantirish dasturi boshlanadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan keksa moskvaliklar qiymati 1000 rublga teng tuhfa kartasi yoki promokod olishlari mumkin. Kartalar poliklinika va emlash punktlarida tarqatiladi. Dasturda vaksinaning birinchi dozasini olganlar ham, 27-aprelga qadar to‘liq emlanganlar ham ishtirok etishi mumkin.
Rossiyada 1-10 may uzluksiz dam olish kunlari deb e’lon qilindi
Sobaninning so‘zlariga ko‘ra, pullarni dastur hamkorlarining do‘kon, dorixona va kafelarida sarflash mumkin bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi dastur ishtirokchilari uchun qo‘shimcha chegirma va bonuslarni taqdim etishadi.
Moskvada 400 ming nafarga yaqin keksa kishilar koronavirusga qarshi emlanib bo‘lgan.