TOShKENT, 24 apr – Sputnik. OAV: AQShda noroziliklarni bostirish uchun qiruvchilardan foydalanmoqchi bo‘lgan
AQSh Milliy gvardiyasi koronavirusga bo‘yicha kiritilgan cheklovlar tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tartibsizliklar tufayli qiruvchidan foydalanish variantini ham ko‘rib chiqqan. Bu haqda Los Angeles Times o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
O‘tgan yilning mart oyida gvardiya “ehtimoliy ichki missiya uchun” F-15C ni jangovar shay holatga keltirish bo‘yicha buyruq olgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, taxminiy operatsiya tafsilotlari aniqlashtirilmagan, qiruvchilardan norozichilar ustidan minimal balandlikda uchib o‘tib, ularni qo‘rqitish va tarqatib yuborish maqsadida foydalanishmoqchi bo‘lishgan.
Qayd etilishicha, xuddi shunday usul shu vaqtgacha Iroq va Afg‘onistondagi jangovar zonalarda foydalanilgan.
"Bu buyruq bizning harbiylarimizni sharmanda qilgan bo‘lar edi... Xuddiki biz tinch aholiga tahdid qilayotgandek”, - dedi manba.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, direktivalar rasmiy yozma buyruqlar tarzida emas, balki og‘zaki yoki matn tarzida uzatilgan, bu esa harbiylar havotirini yanada oshirgan.
Shu bilan birga, Kaliforniya milliy gvardiyasi rahbari general-mayor Devid Boludinning rasmiy vakili podpolkovnik Jonatan Shiroma tartibsizliklarni bostirishda F-15C dan foydalanish rejasini rad etdi.
"Biz samolyotlarimizdan tinch aholini qo‘rqitish uchun foydalanmaymiz”, - deya izoh bergan u nashrga.
The Times manbalarining ta’kidlashicha, samolyotni qo‘llash to‘g‘risida buyruq kelib tushmagani bilan, bu singari qarorning qabul qilinishi ehtimoli milliy gvardiyachilarni havotirga solgan.