TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Kecha O‘zbekistonda qariyb 400 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish qayd etildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.
Shu bilan, 2021-yil 23-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 88 679 tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 4 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida, 9 nafari Jizzax viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 54 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Farg‘ona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida, 83 nafari Toshkent viloyatida, 217 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 642 nafarni tashkil qildi.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2501 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.