TOShKENT, 23 apr – Sputnik. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Afg‘onistonni O‘rta Osiyo iqtisodiy hududiga olib kirish uchun amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Undan tashqari Blinken O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosini oldini olish, diniy va jamiyat erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yuqori baholadi.
Shu bilan birga davlat kotibi AQSh va O‘zbekiston munosabatlarining 30-yilligi yaqinlashib kelayotgani va 2021-yil oxirida strategik hamkorlik to‘g‘risida birinchi dialog bo‘lib o‘tishiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Markaziy Osiyo respublikalari va AQSh tashqi siyosat idoralari vakillarining "C5+1" formatidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ishtirok etadi.