Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

Diplomatik vakllar bilan uchrashuvda prezident O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar va xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni ildam rivojlantirib borayotgani qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni yangi tayinlangan elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Marosimda Bangladesh elchisi - Muhammad Jahongir A’lam, Chexiya elchisi - Vaslav Yilek, Misr elchisi - Amira Fahmiy, Iordaniya elchisi - Demiya Zuhayr Haddod, Turkiya elchisi - Olgan Bekar, YeI delegatsiyasi rahbari - Sharlott Adrian va Rossiya elchisi - Oleg Malginovlar ishonch yorliqlarini topshirishdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal veritelnie gramoti vnov naznachennix v Uzbekistan poslov Bangladesh, Chexii, Yegipta, Iordanii, Tursii, Yevrosoyuza i Rossii
Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarni diplomatik missiyasi boshlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar va xalqaro tuzilmalar bilan konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik va amaliy sheriklikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratayotgani aytib o‘tdi.
Shuningdek, prezident O‘zbekiston Markaziy Osiyo va jahonning yetakchi davlatlari bilan savdo, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va “yashil iqtisodiyot”, transport, tranzit va logistika, moliya, tibbiyot va ko‘plab boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib borayotganin ta’kidladi.
Undan tashqari, O‘zbekiston BMT, MDH, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash va boshqa nufuzli tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirib, ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirayotgani aytib o‘tildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal veritelnie gramoti vnov naznachennix v Uzbekistan poslov Bangladesh, Chexii, Yegipta, Iordanii, Tursii, Yevrosoyuza i Rossii
Prezident ta’kidlashiga ko‘ra, O‘zbekiston - Rossiyaning strategik sherikligi va ittifoqchiligi misli ko‘rilmagan yuqori darajaga yetdi. O‘zaro qo‘llab-quvvatlash tufayli savdo, investitsiyalar, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va ko‘plab boshqa sohalarda yirik loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahrida yaqinda o‘tkazilgan “Innoprom” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiyadan tashqarida ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, keng ko‘lamli hamkorlikda ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini yana bir bor namoyish etdi.
"Innoprom" yakunlari: Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari necha pullik shartnomalar imzolashdi?
Bundan tashqari, MDH, ShHT, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli muloqot kengayib bormoqda.
Bugungi kunda tomonlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning Moskvadagi bo‘lajak sammitiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani ta’kidlandi. Ushbu uchrashuv ikki tomonlama strategik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishda yangi tarixiy bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning O‘zbekiston bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal veritelnie gramoti vnov naznachennix v Uzbekistan poslov Bangladesh, Chexii, Yegipta, Iordanii, Tursii, Yevrosoyuza i Rossii