TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Qirg‘izistondan Toyota Previa minivenida noqonuniy ravishda kiyiklarni chiqarib ketmoqchi bo‘lishdi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayangan holda.
Jonivorlarni noqonuniy olib chiqishga urinish holati chegara xodimlari tomonidan Qadamjoy tumanining Jani-jer hududida to‘sib qolingan. Mashina 49 yashar qirg‘izistonlikka tegishli ekanligi aytilmoqda.
Kiyiklar 1yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan, to‘rttasining shoxi arralangan.
Pat oleney na minivene xoteli vivezti iz Kirgizstana v Uzbekistan
© Press-slujba GKNB KR
Hozirda mashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi – O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Tergov davomida hayvonlarni O‘zbekistonga o‘tkazish rejalashtirilganligi ma’lum bo‘lgan. Haydovchining yonida zarur tegishli hujjatlar bo‘lmagan.
Pat oleney na minivene xoteli vivezti iz Kirgizstana v Uzbekistan
© Press-slujba GKNB KR
Hozirda kiyiklarning narxi aniqlashtirilmoqda.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng qo‘lga olinganlar va kiyiklar surishtiruv uchun mas’ul organlarga topshirilishi aytilmoqda.