Koronainfo: O‘zbekistonning barcha hududlarida COVIDga chalinish holatlari qayd etildi

Moskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney Voronovskoe
Koronavirus infeksiyasi eng ko‘p Toshkent viloyati va Toshkent shahrida aniqlangan. Bir kishi vafot etgan, 225 kishi sog‘aygan
Sputnik
TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekistonda kecha 345 kishida koronavirus qayd etildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Yangi kasallanish holatlari Respublikaning barcha hududlarida qayd etilgan va umumiy kasallanganlar soni 88 280 kishi yetgan.
Infeksiya eng ko‘p Toshkent viloyati (58) va Toshkent shahrida (206) aniqlangan.
Lekarstvo protiv grippa proizvedennoe v Uzbekistane peredali v Minzdrav
Rutan koronavirusga qarshi eng samarali dori - O‘zbekiston olimlari
Kecha kun davomida infeksiyadan tuzalganlar soni 225 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 641 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2407 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.